Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Netanyahu Isroil Falastinning bosib olingan G‘arbiy Sohil hududini to‘liq yopishini e’lon qildi

Netanyahu Isroil Falastinning bosib olingan G‘arbiy Sohil hududini to‘liq yopishini e’lon qildi


Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 23 oktyabr kuni ertalab qurollangan shaxslar Isroil harbiylariga hujum qildi. Shundan so‘ng bosh vazir Binyamin Netanyahu hukumat bu hududni to‘liq yopishga tayyorlanayotganini aytdi.

Netanyahuning ma’lum qilishicha, harbiylar Xevron shahri yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punktida ikki qurolli shaxsni otishmada yo‘q qilgan va “yirik hujum”ning oldini olgan. Hujum oqibatida kamida besh kishi yaralangan. Ulardan bir nechtasining ahvoli og‘ir.

U harbiylarga Xevron shahriga blokada o‘rnatish va bugundan e’tiboran butun bosib olingan G‘arbiy sohilni to‘liq yopishga tayyorgarlik ko‘rishni topshirganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 20:56 23.10.2026. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!