«Rossiyaning o‘z manfaatlari bor, Isroil davlatining esa o‘z manfaatlari mavjud. Ular har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Ba’zan hatto to‘qnash keladi», — dedi Netanyahu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomon umumiy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga intiladi, biroq kelishmovchiliklar yuzaga kelganda har biri o‘z pozisiyasini himoya qiladi.
Netanyahu, shuningdek, Moskva va Tehron o‘rtasidagi hamkorlikni tanqid qildi hamda Rossiyani Isroilga qarshi antisemitik xabarlarni tarqatuvchi botlar tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
Shu bilan birga, u har ikki mamlakat Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Isroil bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, u zaruratga qarab Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan aloqalarni saqlab kelmoqda.