Farzand ta’minoti uchun belgilangan aliment majburiyatidan bo‘yin tovlagan shaxslar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar qidiruvga olinadi.
Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor U.K. uzoq vaqt aliment to‘lamasdan, 15 million so‘m qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan. Shu bois, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Byurining Samarqand viloyat boshqarmasi Qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qidiruvdagi shaxs Toshkent shaxridagi kafelarning birida ekanligi aniqlanib, ushlandi.
Shuningdek, JIB Nurobod tuman sudining 2026 yil 7 sentyabr kungi qaroriga asosan, aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz: aliment — farzandning qonuniy haqqi. Uni to‘lashdan bo‘yin tovlash javobgarlik choralariga sabab bo‘ladi.