Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva: "O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turadi"

Saida Mirziyoyeva: "O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turadi"

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vise-prezidenti Og‘uljohon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vise-prezidenti Laylo Aliyeva bilan yana bir bor uchrashdi.

"Muloqotlarimiz yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Har safar fikr almashganimizda umumiy g‘oyalarimiz boyib, hamkorlikda yangidan-yangi loyihalar yuzaga kelmoqda.

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turadi. Uchrashuvlarimiz bundan keyin ham faqat yaxshilikka xizmat qilishini, odamlarga nafi tegadigan ezgu amallarga aylanib, mamlakatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirishini istardim", deb yozadi Administrasiya rahbari.

Kiritildi: 18:53 21.10.2026. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!