AQShning 101 yoshli turguni Kennet Rem yosh avlodga bir nechta maslahatlar berdi.
People nashri xabar berishicha, Rem 100 yoshgacha yashashini hech qachon o‘ylamaganini tan olgan. U uzoq umr ko‘rishining siri sifatida baxtli bo‘la olish va atrofdagilarga sevgi ulashishni ko‘rsatgan.
"Men uchun bu go‘zal nikoh, yon bosishni (kompromissga kirishishni) bilish va farzandlarimning yaxshi yashayotganini anglash demakdir", — deya o‘z sirini oshkor qildi u.
Uzoq umr ko‘ruvchi otaxonning besh nafar farzandi, 12 nafar nabirasi va 11 nafar evarasi bor. Rem ularga eng muhim ikki narsani — bir-birini sevish va hurmat qilishni o‘rgatayotganini aytdi.
"Bularsiz hayot ancha qiyinroq", — deya qo‘shimcha qildi u.
Otaxon 2018 yilda 67 yil birga hayot kechirgan rafiqasidan ayrilganini so‘zlab berdi. U juftligining yo‘qotilishini og‘ir o‘tkazganini, biroq birgalikdagi barcha xotiralar uchun undan umrbod minnatdor bo‘lib qolishini tan oldi.