AQSh Prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li Kichik Donald Tramp otasiga u olib borayotgan Eron bilan urush Yaqin Sharqdagi yangi mojarolardan qochish haqidagi saylovoldi va’dalariga zid ekanini aytdi.
The Atlantic jurnali xabar berishicha, bu haqda manbalar ma’lum qildi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy rahbarining o‘g‘li shaxsiy suhbatlarda mojaroga qarshi chiqmoqda va o‘z xavotirlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri otasiga bildirmoqda, biroq uni ommaviy ravishda tanqid qilishdan bosh tortmoqda.
Bundan tashqari, nashrning eslatishicha, fevral oyida Isroilning kampaniyasiga qo‘shilish masalasi muhokama qilinayotganda, AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens ham shaxsiy suhbatlarda harbiy harakatlar boshlanishiga norozilik bildirgan.
Boshqalar, jumladan, MRB (SRU) direktori Jon Retkliff va Davlat kotibi Marko Rubio Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning fevral oyidagi Tehronga qarshi operasiya hatto uzoq istiqbolda ham real ekani haqidagi fikrlariga shubha bilan qarashgan.
Oktyabr oyida Research Center tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklarning 65 foizi Trampning Erondagi mojaroni boshqarish usulini ma’qullamaydi.
Amerikaliklarning deyarli yarmi mojaro bir yildan ko‘proq davom etishini kutmoqda, bu Vashington ma’muriyatining dastlabki to‘rt-olti hafta davom etishi haqidagi baholaridan ancha yuqoridir.