Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In komada(mi)?

Kim Chen In komada(mi)?

Kim Chen Inning komada ekani haqida mish-mishlar tarqaldi. Bunga javoban Shimoliy Koreya uning yangi suratlarini e’lon qildi.

Kim Chen Inning komaga tushgani haqida Buyuk Britaniyaning The Sun, Amerikaning New York Post va Hindistonning Economic Times nashrlari yozdi. Ular “ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari”ga tayanib, KXDR yetakchisi miyasiga qon quyilishi oqibatida komaga tushib qolgani va Pekindagi shifoxonalardan biriga yotqizilganini xabar berdi.

KXDR bu xabarlarga izoh bermadi, biroq 20 oktyabr kuni Koreya markaziy telegraf agentligi Kim Chen In o‘z oilasi bilan Pxenyandagi kiyim-kechak va poyabzal ko‘rgazmasiga tashrif buyurgani haqida reportaj e’lon qildi. Xabarda ta’kidlanishicha, bu voqea bir kun avval yuz bergan.

Janubiy Koreyaning Yonhap agentligining qayd etishicha, AQShda yashovchi taniqli xitoylik dissident Vanjun Se tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilgan xabar mish-mishlarning birlamchi manbasi bo‘lgan. Se dastlabki postda Kimning Xitoyda shifoxonaga yotqizilganiga qaramay vafot etganini iddao qilgan.

Janubiy koreyalik diplomatlar va razvedkadagi manbalar Kim Chen Inning komaga tushgani haqidagi da’volarni tasdiqlovchi “hech qanday ma’lumot eshitmaganliklari”ni ma’lum qildi.

Sentyabr oyida Janubiy Koreya razvedkasi parlamentga hisobot taqdim etib, unda Kim o‘ta og‘ir darajadagi semizlikdan aziyat chekayotganini ta’kidlagan edi: bo‘yi 170 santimetr bo‘lgani holda, u 140 kilogramm tosh bosyapti. Shu bilan birga, razvedka hisob-kitoblariga ko‘ra, “davolovchi shifokorlar guruhining sinchkov kuzatuvi inobatga olinsa”, KXDR yetakchisining sog‘lig‘ida jiddiy muammolar borligidan darak beruvchi alomatlar yo‘q.

Shimoliy Koreya rasmiylari Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqida hech qachon xabar bermagan.

Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!