Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

40 mln odam Janubiy Osiyodan ko‘chishga majbur bo‘lishi mumkin

40 mln odam Janubiy Osiyodan ko‘chishga majbur bo‘lishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi Janubiy Osiyoda odamlarning turmush tarzi va daromad manbalariga xavf solmoqda. Oqibatda ko‘plab aholi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda va bu ko‘rsatkich yaqin kelajakda 40 milliondan oshishi mumkin. Bu haqda BMT Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT) rahbari Emi Poup ma’lum qildi.

Rasmiyning ta’kidlashicha, zamonaviy texnologiyalar va hukumatlarning o‘z vaqtida ko‘radigan choralari talafotlarni kamaytirishga yordam beradi.

Nyu Dehliga tashrifida Emi Poup dengiz sathining ko‘tarilishi, suv toshqinlari va qurg‘oqchilik odamlarning uylari hamda ekin maydonlariga jiddiy zarar yetkazayotganini aytdi. U misol tariqasida 26 avgust kuni Nepaldagi fojiani keltirdi. O‘shanda muzliklar va tog‘ o‘pirilishi oqibatida halokatli suv toshqini yuz bergan edi. XMT bu hududga insonparvarlik yordamini yuborgan.

XMT hisob-kitoblariga ko‘ra, eng yomon ssenariy bo‘yicha 2050 yilga borib Janubiy Osiyoda 40,5 milliongacha odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lishi mumkin.

“Odamlar oziq-ovqat yetishtira olmasa va chorva mollarini boqa olmasa, uyini tashlab ketish ehtimoli ortadi. Iqlimga moslashishning birinchi chorasi ko‘pincha ko‘chib o‘tish bo‘lib qolmoqda”, dedi Poup.

Shuningdek, iqlim o‘zgarishi Hindistonda shaharlashuv jarayonini tezlashtirmoqda. Odamlar jazirama issiqdan qochib, yirik shaharlarga ko‘chib o‘tmoqda.

Janubiy Osiyoda aholi soni juda ko‘p, resurslar esa cheklangan. Shu sababli bu hududda xavf darajasi yuqori hisoblanadi.

“Dunyoda zaif jamoalar duch kelayotgan xatarlarga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Gumanitar fojiadan ko‘riladigan zarar milliardlab dollarni tashkil etadi. Iqlimga moslashish choralariga investisiya kiritish esa bundan ancha arzon tushadi”, deb ta’kidladi XMT rahbari.

Emi Poupning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt va aniq ma’lumotlar fojia yuz berishidan oldin xavf ostida qolgan hududlarni aniqlashga yordam beradi. Ob-havo prognozlari va aholi turmush tarziga oid ma’lumotlarni birlashtirish orqali yordamga muhtoj jamoalarni oldindan aniqlash mumkin.

Janubiy Osiyo mintaqasiga quyidagi davlatlar kiradi: Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Afg‘oniston, Shri Lanka, Butan, Maldiv orollari

Kiritildi: Bugun 02:30. O'qildi: 1807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!