Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rubio: «Uzbekistondan kvartira oling, bu yerga tez-tez kelasiz»

Rubio: «Uzbekistondan kvartira oling, bu yerga tez-tez kelasiz»



AQSh davlat kotibi Marko Rubio Samarqanddagi Amerika — O‘zbekiston biznes va investisiya kengashi yig‘ilishida amerikalik tadbirkorlarga hazilomuz tarzda:

«Bu hamkorlik faqat kengayib boradi. Shuning uchun bu yerdan kvartira yoki kichik xonadon olib qo‘yishingiz mumkin, chunki O‘zbekistonga juda ko‘p kelib turasiz», — dedi.



Rubio AQSh Markaziy Osiyo va xususan O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish niyatida ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, energetika sohasida kichik modulli yadroviy reaktorlarni joriy etish, elektr va gaz tarmoqlarini modernizasiya qilish bo‘yicha hamkorlik rejalari borligini aytdi.

Rubio O‘zbekiston kompaniyalarining AQShdagi investisiyalarini ham qayd etdi. Jumladan, AKFA Group Kentukki shtatida alyuminiy ishlab chiqarishga $80 million sarmoya kiritmoqda.

Kiritildi: 18:28 21.10.2026. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!