«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.
«Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi. Yakunda «PSJ» bizdan kuchliroq ekanini ko‘rsatdi. Biz mag‘lub bo‘ldik, ammo bu uchrashuvdan ko‘p narsa o‘rgandik.
Ularda himoyadan hujumga tez o‘tish borasida juda kuchli futbolchilar bor. Biz ularni to‘xtatishga harakat qildik va bu vazifani yaxshi uddaladik, ammo so‘nggi 15 daqiqada bizga kuch yetishmadi. Bu bahona emas.
Biz ushbu o‘yinga yetarlicha yaxshi tayyorgarlik ko‘rmadik, ammo endi hammasini tahlil qilishimiz kerak. Kelajakda yaxshiroq harakat qilishimiz lozim, garchi bugun ko‘p ishlarni yaxshi bajargan bo‘lsak ham.
Olmoning ahvoli qanday bo‘lishini ko‘ramiz. U zarba qabul qildi, shuning uchun kutishimiz kerak.
Espart ajoyib o‘yin o‘tkazdi. U gol urdi va uning qanday yuqori saviyada o‘ynayotgani aqlbovar qilmaydi», — dedi Flik.