Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga va’da berdi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga va’da berdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Osloda Donald Tramp vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda NATO shartnomasining 5-moddasi tamoyiliga asoslangan xavfsizlik kafolatlari muhokama qilingan.

Zelenskiy uchrashuvdan so‘ng AQShning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan muzokaralar haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni bunday kafolatlar «kuchli» bo‘lishi kerakligini tasdiqlagan. Tegishli takliflar hujjatda ham aks ettirilgan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, AQSh Kiyevga razvedka ma’lumotlarini to‘liq hajmda taqdim etishni qayta boshlagan. Shuningdek, Ukraina 48 soat ichida Starlink xizmati qayta tiklanishini kutmoqda.

Kiyev Rossiya ham shunday qadam tashlagan taqdirda, Rossiya energetikasining «sezgir ob’ektlari»ga zarba berishdan voz kechishga tayyorligini bildirgan.

Osloga tashrifdan so‘ng Stiven Uitkoff va Trampning yana bir maxsus vakili, uning kuyovi Jared Kushner Rossiyaga yo‘l oladi. Zelenskiyning aytishicha, ular Rossiya tomoniga Ukrainaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflarini etkazadi.

Ukraina esa Moskvadan javobni 24 soat ichida kutishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 12:00 21.10.2026. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!