Qirg‘izistonda Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanib, hibsga olindi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy amaldor o‘z qo‘l ostidagi askarlarni xizmat vazifalari o‘rniga shaxsiy uyining qurilish ishlariga muntazam jalb qilib kelgan.
Qurilishda ishlatilgan harbiylar orasida sutkalik navbatchilikni o‘tayotgan askarlar ham bo‘lgani aytilmoqda.
Ayni paytda qo‘mondonga nisbatan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.