Adliya vazirligida Qimmatli qog‘ozlar bozorida investisiya vositachisining faoliyati to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3728,18.12.2025 y.).
🔰 Unga ko‘ra, investisiya vositachisi mijozning topshirig‘iga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar hamda operasiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi hisoblanadi.
✅ Investisiya vositachisi qimmatli qog‘ozlar bozorida shartnoma asosida mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
▪️ mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;
▪️o‘z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;
▪️ depozitar operasiyalarni;
▪️ anderrayterlik xizmatlarini;
▪️ market-meykerlik xizmatlarini.
📝 Investisiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan holda emitent nomidan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzishi mumkin.
⛔️ Investisiya vositachisiga quyidagilar taqiqlanadi:
➖ tegishli lisenziyasiz qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish;
➖ mijozlar bilan ularning qonunchilikda belgilangan huquqlarini cheklovchi shartnomalar tuzish;
➖ taqiqlangan bitimlar yoki qonunchilik talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan bitimlarda ishtirok etish;
➖ qimmatli qog‘ozlar va ularga doir narxlar to‘g‘risida qasddan buzib ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish orqali qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yoki sotishga undash va boshqalar.