O‘zbekistonda oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanishi belgilandi. 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi.
Ushbu maktab dunyoning yetakchi hamshiralik maktablaridan biri bo‘lgan Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Shuningdek, “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishiga o‘zgartiriladi. Bitiruvchilarga “hamshira” (ayollar) va “tibbiyot og‘asi” (erkaklar) kvalifikasiyasi beriladi.