Navoiy viloyatining sobiq hokimi, davlat va jamoat arbobi Bahriddin Murtazoyevich Ro‘ziyev 11 noyabr kuni vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Bahriddin Ro‘ziyev 2002–2008 yillarda Navoiy viloyatiga rahbarlik qilgan. Unga qadar Konimex tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Marhum ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida davlat boshqaruvining turli bo‘g‘inlarida ishlab, hudud iqtisodiyoti va sanoatini rivojlantirish bilan shug‘ullangan.
Navoiy viloyati hokimligi sobiq rahbarning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.