Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh delegasiyalari o‘rtasida kechayotgan muzokaralar nizoni hal etishning asosiy jihatlarini, jumladan, keng ko‘lamli asirlar almashinuvini qamrab olayotganini ma’lum qildi.
Kopengagendagi matbuot anjumanida chiqish qilgan Zelenskiy AQSh maxsus vakillari Jared Kushner va Stiv Uitkoff ishtirokidagi uchrashuvda «1000 ga 1000» yoki hatto «1500 ga 1500» formulasi bo‘yicha ehtimoliy asirlar almashinuvi muhokama qilinganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, tomonlar energetika, Qora dengizdagi xavfsizlik va hududlar maqomi masalalariga ham to‘xtalib o‘tmoqda. Ukraina yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi qarorlar davlat rahbarlari darajasida qabul qilinishi kerak.
BAA poytaxtidagi mas’ullarning maslahatlashuvlari ikki kunga mo‘ljallangan bo‘lib, uchrashuvlar natijalari haqidagi batafsil ma’lumotlar 11 noyabr kuni kechqurun ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.