Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy: "Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmadi"

Zelenskiy: "Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmadi"

Ukraina Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bunga Abu-Dabidagi muzokaralarda ishtirok etgan Rossiya delegasiyasida bunday masalani muhokama qilish vakolati bo‘lmagani sabab bo‘lgan.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

«Abu-Dabidagi uchrashuv davomida energetika sohasidagi ehtimoliy sulh va dengizda o‘t ochishni to‘xtatish masalalari ko‘tarildi. Biroq Rossiya delegasiyasi ushbu masalani muhokama qilish uchun vakolatga ega emasligini bildirdi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ertaga Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda ushbu masalani ko‘taradi. Zelenskiy Moskvadagi muzokaralardan so‘ng hech bo‘lmaganda aniq javob olishga umid qilmoqda.

Shuningdek, Zelenskiy AQSh Ukrainaga hududiy yon berish va Donbassni topshirishni taklif qilayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Amerika tomoni bu masalani doimiy ravishda ko‘tarmoqda va bunday qadamni Rossiya — Ukraina urushini to‘xtatish usuli sifatida ko‘rmoqda.

«Biz bilan bunday tarzda gaplashib bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik