Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

“Demokrat.uz” rahbari Fazliddin Mehmonov 10 yil 3 oy muddatga qamaldi

“Demokrat.uz” rahbari Fazliddin Mehmonov 10 yil 3 oy muddatga qamaldi

“Demokrat.uz” rahbari Fazliddin Mehmonov 10 yil 3 oy muddatga, bloger Aziz G‘oipnazarov esa 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Fazliddin Mehmonov (1998 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) va Aziz G‘oipnazarov (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugagan.

Bugun, 11 noyabr kuni e’lon qilingan sud hukmiga muvofiq Fazliddin Mehmonov Jinoyat kodeksining 165- (tovlamachilik), 168- (firibgarlik) va 248- (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalarida, Aziz G‘oipnazarov ushbu kodeksning 165-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Fazliddin Mehmonovga 10 yil 3 oy muddatga, Aziz G‘oipnazarovga 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan. Sudlanuvchi Fazliddin Mehmonovdan jinoyat doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilangan.

Bildirilishicha, birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatiya/kassasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi “Taftish.uz” tahririyati xodimlari va DXXning OAV faoliyatini nazorat qiluvchi boshqarmasi zobitlariga nisbatan hukm o‘qigan edi. Xususan, tahririyat rahbari G‘ayrat Aberayev 10 yil 6 oyga, jurnalist Marjona Eshquvvatova 4 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Kiritildi: Bugun 11:52. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik