Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini hojatxona chuquriga tashlab yuborgan 33 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi.
Ayolning aytishicha, u chaqaloqni o‘lik tug‘ilgan deb o‘ylagan. Biroq sud-tibbiy ekspertizasi bolaning o‘limi nafas yo‘llari axlat bilan berkilishi oqibatida yuz berganini aniqlagan.
Ayolning onasi uni tug‘uruqdan keyin hojatxonada ko‘p qon yo‘qotgan va hushsiz holda topgan.
Sud D.E.ni Jinoyat kodeksining 99-moddasi bilan aybli deb topib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.