Xitoyda bir fuqaro auksion orqali ikki xonali kvartirani atigi 11 yuanga (1,7 dollar) sotib oldi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Maydoni 68 kvadrat metr bo‘lgan xonadon Xeylunszyan provinsiyasidagi ko‘p qavatli uyning yettinchi qavatida joylashgan.
Auksion tashkilotchilari eng yuqori taklifni 11 yuan bilan cheklagan. Xaridor ushbu summani birinchi bo‘lib taklif qilgani uchun kvartiraga ega chiqqan. Endi u mulk huquqini rasmiylashtirish uchun yana 300 dollar majburiy soliq to‘lashi kerak.
Erkak yangi uyiga doimiy ko‘chib o‘tishni rejalashtirmayapti. U xonadondan qishki sayohatlari davomida dam olish maskani sifatida foydalanmoqchi.