Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Rossiyaga qarshi o‘yinda favorit - Vitaliy Denisov

O‘zbekiston Rossiyaga qarshi o‘yinda favorit - Vitaliy Denisov



O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov 12-noyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholadi.

Sobiq futbolchining fikricha, Rossiya terma jamoasining xalqaro musobaqalardan chetda qolayotgani O‘zbekiston foydasiga xizmat qilishi mumkin. Biroq u raqib safida Yevropa klublarida to‘p tepayotgan futbolchilar borligini ham alohida ta’kidladi.

"O‘zbekistonlik futbolchilar favorit, chunki rossiyaliklar, afsuski, xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayapti. Biroq Yevropada o‘ynayotgan rossiyalik futbolchilar bizga muammo tug‘dirishi mumkin", deya Denisovning so‘zlarini keltirmoqda "RB Sport".

Kiritildi: 18:53 11.11.2026. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik