Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xegset noma’lum askar qabri yonida baland ovozda gaplashib, kuldi: rasmiy qorovul unga tanbeh berdi

Xegset noma’lum askar qabri yonida baland ovozda gaplashib, kuldi: rasmiy qorovul unga tanbeh berdi

AQSh armiyasi qorovullik xizmati harbiy xizmatchisi Veteranlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimdan keyin Pentagon rahbari Pit Xegsetning xulq-atvorini tanqid qildi. Vazir Noma’lum askar qabri yonida baland ovozda suhbatlashib, kulgan. Qorovul unga tanbeh bergan.

Bu haqda CNN telekanali ma’lum qilingan.

Pit Xegset Veteranlar kuni munosabati bilan Arlington milliy qabristonida o‘tkazilgan marosimdan so‘ng rafiqasi Jennifer, apparat rahbari, apparat rahbari o‘rinbosari va katta maslahatchisi bilan birga qabr oldida turib suratga tushgan. Suratga tushish yakunlanganidan keyin guruh a’zolarining ayrimlari kulib, baland ovozda suhbatlashgan.

Shundan so‘ng AQSh armiyasi qorovuli Xegsetga tanbeh berib, uning xatti-harakatlari mutlaqo nomaqbul ekanini ta’kidlagan.

«Barcha tashrif buyuruvchilar har doim sukunat va hurmat muhitini saqlashlari shart», — degan qorovul.

Noma’lum askar qabri AQShdagi eng muqaddas harbiy yodgorliklardan biri hisoblanadi. U Birinchi jahon urushida halok bo‘lgan, shaxsi aniqlanmagan askarning so‘nggi manzili sifatida qadrlanadi.

Kiritildi: 12:35 12.11.2026. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik