Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Pokistonda mashhur teleboshlovchi otib o‘ldirildi

Pokistonda mashhur teleboshlovchi otib o‘ldirildi

Pokistonlik mashhur telenovshalar boshlovchisi, 41 yoshli Rabiya Ahsan Ravalpindi shahridagi o‘z uyida o‘lik holda topildi.

Bu haqda People jurnali ma’lum qildi.

Marhumaning qarindoshlari uni yotoqxonada qon ichida yotgan holda topishgan. U o‘qotar quroldan yetkazilgan jarohatlar oqibatida vafot etgan.

O‘ldirilgan ayolning yonida qo‘lida to‘pponcha ushlab turgan turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Erkak voqea joyiga yetib kelgan polisiya xodimlariga to‘pponcha o‘qlanganini bilmagani sababli xotiniga tasodifan o‘q uzganini aytgan. Hozirda u hibsda saqlanmoqda.

Er-xotin 16 yil davomida birga yashagan. Ularning 13 va 11 yoshli ikki nafar qizi bor.

Kiritildi: Bugun 12:10. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik