Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

MGIMOning Toshkent filialida mediabiznes bo‘yicha yangi dastur ochilishi mumkin

MGIMOning Toshkent filialida mediabiznes bo‘yicha yangi dastur ochilishi mumkin

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Toshkent filialida mediabiznes bo‘yicha yangi ta’lim dasturi ochilishi mumkin. Bu haqda MGIMOning birinchi prorektori — rivojlantirish bo‘yicha prorektor Artyom Malgin ma’lum qildi.

“Mamlakatda juda jiddiy reklama bozori rivojlanmoqda. O‘ylaymanki, bu yil davomida biz bu yo‘nalishni puxta ishlab chiqamiz, rejalashtiramiz va, ehtimol, kelasi yil yozda e’lonlarimizda mediabiznes bo‘yicha yangi dasturni taklif qilayotganimizni ko‘rasiz”, — dedi Malgin filialning ochiq eshiklar kunida.

Joriy yilda filialda “Moliyaviy iqtisodiyot va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishi ham ochildi. Yangi yo‘nalishning birinchi kurs talabalariga talabalik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Toshkent filiali talabalari haqida gapirar ekan, Malgin ularning yuqori tayyorgarlik darajasi va mehnatsevarligini alohida ta’kidladi.

“Toshkent filialidagi talabalar bilan ilk bor uchrashayotgan hamkasblarimiz ularning mehnatsevarligiga hayron qolishadi. Ular bu yerdagi talabalarning bilim darajasi moskvalik tengdoshlari bilan bir xil ekanini, ayni paytda ularning dunyoga o‘z qarashi borligini ko‘rishadi. Chunki ular boshqa vazifalar, boshqa madaniy va mamlakat konteksti mavjud bo‘lgan Toshkent kampusida tahsil olishgan”, — dedi u.

Kiritildi: Bugun 13:40. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!