Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kuchli issiq kelyapti! O‘zbekistonda 43 darajagacha havo harorati kutilmoqda

Kuchli issiq kelyapti! O‘zbekistonda 43 darajagacha havo harorati kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 14-16 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

14 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida,

15-16 mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduzi 39-41darajagacha, janubdavacho‘lhududlarda 42-43 darajagacha ko‘tariladi.

14-15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etadi.

Kiritildi: 19:36 13.05.2025. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!