Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xorazmdagi xonadonlardan biriga asteroid tushgani rostmi?

Xorazmdagi xonadonlardan biriga asteroid tushgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi uylardan biriga asteroid tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 12 may kuni soat 03:39 da Xorazm viloyati FVBga Bog‘ot tumani «Yuksalish» mahallasi «Obod vatan» ko‘chasi 4-uyda bino dahlizining taxminan 10 kv.m tom qismi qulagani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

«Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar, xususan, hodisa joyiga asteroid tushgani haqida noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda», deyiladi boshqarma munosabatida.

Qo‘shimcha qilinishicha, hodisa sodir bo‘lgan manzilda IIB hamda FVBning maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar davomida hodisa joyida hech qanday fazo jismlari yoki portlash xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan.

Shuningdek, o‘rganishlarda xonadonda 2 ta propan gaz balloni borligi ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida maxsus ekspertiza tayinlangan. Mas’ul boshqarma ekspertiza xulosasiga asosan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 10:56. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!