2025 yil 17 may kuni Rossiya armiyasi Ukrainadagi Sumi viloyatining Belopolye shahri yaqinida evakuasiya avtobusiga dron orqali hujum uyushtirdi. Natijada, ota, ona va qizidan iborat oila halok bo‘ldi. Jami 9 kishi halok bo‘lib, 7 kishi yaralandi, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu hodisani fuqarolarga qarshi qasddan qilingan hujum deb baholadi va Rossiyaning bu harakatini qoraladi. U, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.
Belopolye shahar meri Yuriy Zarkoning so‘zlariga ko‘ra, avtobusda asosan yoshi katta ayollar bo‘lgan. Hujumdan so‘ng shaharda 17-19 may kunlari motam e’lon qilindi.
Bu voqea Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari davomida sodir bo‘ldi. Zelenskiy Rossiya delegasiyasini muzokaralarga tayyor emaslikda aybladi va G‘arb davlatlaridan Rossiyaga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishni so‘radi.