Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Istanbulda Ukraina bilan o‘tkazilgan muzokarada Rossiya o‘zining asosiy talablarini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya delegasiyasi vakili Vladimir Medinskiy ma’lum qildi, deb xabar beradi Clash Report.

Moskva tomonidan qo‘yilgan asosiy shartlar quyidagilardan iborat:

  1. Ukrainaning betaraf maqomi. Kiyev Avstriya kabi betaraflik modelini qabul qilishi, o‘z hududiga xorijiy harbiylar va ommaviy halokat qurollarini joylashtirishdan voz kechishi lozim.
  2. Reparasiyadan voz kechish. Ikkala tomon to‘qnashuv vaqtida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha o‘zaro da’volardan voz kechish.
  3. Rus tilida so‘zlashuvchi aholi huquqlarini himoya qilish. Ukraina milliy ozchiliklar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa standartlarini qabul qilishi hamda “millatchilik targ‘iboti” deb ataladigan harakatlarni to‘xtatishi kerak.
  4. Hududiy tan olish. Kiyev Rossiyaning quyidagi besh hududdagi suverenitetini tan olishi lozim: Donesk, Lugansk, Xerson, Zaporojye va Qrim. Moskva mazkur hududiy o‘zgarishlarni xalqaro darajada tan olinishini ham talab qilmoqda.
  5. Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish. Ukraina Rossiya o‘z yurisdiksiyasi deb hisoblaydigan barcha hududlardan o‘z qo‘shinlarini chiqarishi lozim.

Ukraina tomoni bu talablarga hozircha rasmiy javob bermagan.

Kiritildi: 23:08 17.05.2025. O'qildi: 1714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!