Rossiya Ukrainadan to‘rt viloyat hududidan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilganidan so‘ng, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek ko‘rinardi.
Shunda Turkiya uch toifadagi - bolalar, fuqarolar va harbiy xizmatchilarni o‘z ichiga olgan asirlar almashinuvini taklif qildi. Bu haqda CNN turk amaldorining bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.
"Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar kutilganidan ham ijobiyroq kechdi. Ular bir-birini ayblash ritorikasidan foydalanishmadi," - dedi Turkiya vakili.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, asirlarni almashish taklifi berilgach, Ukraina tomoni bunga ruxsat olish uchun zalni vaqtincha tark etgan.
"Rossiya delegasiyasiga kelishuvga erishish uchun ukrainaliklarga qaraganda kamroq vaqt kerak bo‘lganga o‘xshaydi. Bu ikki tomon muzokaralar stoliga turli maqsadlar bilan kelgan. Ammo ularning Istanbulga tashrif buyurganining o‘zi vaziyatdan chiqish yo‘lini topish zarurligini ko‘rsatadi," - deb ta’kidladi u.