Bugun, 16-may kuni soat 20:30 da Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida joylashgan korxonalarning biriga temir yo‘l orqali olib kelingan ammiak kislotasi poyezd sisternasidan maxsus sisternaga bo‘shatilayotgan vaqtda kam miqdorda to‘kilishi kuzatilgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga tegishli xizmatlar kuch va vositalari jalb etilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 7 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ahvollari yaxshi bo‘lganligi bois uyiga ruxsat berilgan.