Medvedev Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan taqdirda "yangi qurollar" bilan yanada dahshatliroq urush haqida gapirdi.
"Muzokaralar bo‘yicha ultimatum qo‘yayotgan Rossiyaning barcha dushmanlari oddiy bir narsani esda tutishlari lozim: tinchlik muzokaralari o‘z-o‘zidan doimo ham harbiy harakatlarning to‘xtatilishiga olib kelavermaydi. Muvaffaqiyatsiz muzokaralar yangi qurollar va ishtirokchilar bilan urushning yanada dahshatliroq bosqichi boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin",
— deya ta’kidladi Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari.