Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Iskandar" yaratuvchilaridan biri halok bo‘ldi

A A A
"Iskandar" yaratuvchilaridan biri halok bo‘ldi

Moskva viloyatidagi Kolomna shahrida "Iskander" tezkor-taktik raketa kompleksini yaratishda qatnashgan muhandislardan biri - 74 yoshli Vladimir Nedoshivin maishiy mojaroda vafot etdi. Bu haqda ishonchli manbaga tayanib "VCHK-OGPU" telegram-kanali xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak kishi 9 may G‘alaba kuni 2-Yubiley ko‘chasidagi uyning kiravelishida og‘ir ahvolda topilgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, ammo bir necha kundan so‘ng vafot etgan.

Manba ta’kidlashicha, pensionerga o‘limga olib kelgan tan jarohatlari uning qo‘shnisi - 32 yoshli santexnik Anatoliy Kolobaysev tomonidan yetkazilgan. Kolobaysevning aytishicha, u keksa kishini kiravelishda hojatini chiqargani uchun zinadan itarib yuborgan. Kanal suhbatdoshining ta’kidlashicha, Nedoshivin nafaqaga chiqqanidan so‘ng ijtimoiy e’tibordan chetda qolgan. U spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan, biroq o‘zini tinch tutgan va janjal chiqarmagan.

Kiritildi: 20:44 17.05.2025. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!