Turkiyada tabiiy gaz koni topildi, uning zaxiralari 75 mlrd kub metrga baholanmoqda.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Prezident Go‘ktepe 3 hududida 3 500 metr chuqurlikda 49 kunlik burg‘ilash ishlari yakunlanganini aytdi: "Biz 75 mlrd kubometr zaxiraga ega tabiiy gaz konini topdik. Kondagi jami gazning qiymati 30 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda."