Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

30 metr yer osti yo‘li — Rossiyada o‘zbekistonlik mahbuslar fantastik usulda qochishga urinishdi

30 metr yer osti yo‘li — Rossiyada o‘zbekistonlik mahbuslar fantastik usulda qochishga urinishdi

Rossiyaning Lipesk shahri sudi 2024 yil oktyabr oyida koloniyadan 30 metrlik tunnel qazgan va qochishga muvaffaq bo‘lgan olti nafar mahbusga hukm o‘qidi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Qochqinlar Rossiya Jinoyat kodeksining 313-moddasi («Bir guruh shaxslar tomonidan hibsxonadan qochish») bo‘yicha aybdor deb topilib, 4,5 yildan 12,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sud qarorida aytilishicha, Lipeskdagi 2-son umumiy rejimli koloniyada jazo o‘tayotgan mahkumlar ikki oy davomida quvur, belkurak va kesish diski bo‘laklaridan foydalanib, tunnel qazigan. Uzunligi 30 metrdan ortiq bo‘lgan tunnel koloniya panjarasi ostidan o‘tgan. 2024 yil 25 oktyabr kuni mahbuslar – besh nafar o‘zbekistonlik va bir nafar tojikistonlik tunnel orqali qochib ketgan.

Besh mahbus zudlik bilan hibsga olingan, oltinchisi 6 noyabr kuni Tambov viloyatida topilgan edi.

Kiritildi: Bugun 16:51. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!