Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, abituriyentlar, ota-onalar hamda oliy ta’lim muassasalari murojaatlari inobatga olinib, to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi.
Quyidagi toifalar uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishning so‘nggi muddati 2026 yil 10 iyun etib belgilandi:
· bakalavriat va magistraturada darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
· o‘qishi ko‘chirilgan, ko‘chirib tiklangan va qayta tiklangan talabalar.
Ular 10 iyunga qadar bir yillik o‘qish qiymatining 100 foizini to‘lab, talabalikni rasmiylashtirishi mumkin.
Shuningdek, amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lovi muddati oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.