Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyatidagi ta’lim tizimi mas’uli pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga bog‘cha rahbaridan 4,8 mln so‘m talab qilgan va pulni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida 167, 209 va 243-moddalarda nazarda tutilgan boshqa qonunbuzilishlar ham aniqlangan.