Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Istanbulda yo‘qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz oilasiga topshirildi

Istanbulda yo‘qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz oilasiga topshirildi
Istanbul shahrida adashib qolgan 13 yoshli O‘zbekiston fuqarosi S.J. diplomatlar ko‘magida onasiga topshirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 30 avgust kuni soat 22:30 da Istanbulning Beyog‘lu tumanidagi masjidlardan birining imomi Bosh konsulxonaga qo‘ng‘iroq qilib, masjidga adashib kelib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi haqida xabar bergan. Konsulxona diplomatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qiz Bosh konsulxonaga olib kelinib, uning yaqin qarindoshlarini aniqlash va ular bilan bog‘lanish choralari ko‘rilgan. 1 sentyabr kuni S.J. sog‘-salomat holda onasiga topshirilgan. Bosh konsulxona mazkur holatda yordam ko‘rsatgan Turkiyaning tegishli idoralari va fuqarolariga minnatdorlik bildirgan. Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Turkiyaning Mugla shahrida daryoga cho‘kib ketgan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. U Seydikemer tumanidagi daryoga cho‘milish uchun borgan. Hodisa joyidagi tekshiruvlardan so‘ng marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasi uchun morgga olib ketilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kiritildi: 13:05 02.09.2026. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!