Hukumat qarori (461-son, 04.09.2026 y.) bilan “Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
🧾 Mazkur Reglament ijtimoiy xodimlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Agentlik) tizimidagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi (vakolatli organ) tomonidan malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
✅ Qarorga ko‘ra, malaka sertifikati nazorat sinovi natijalaridan kelib chiqib quyidagi tartibda beriladi:
➖ 1 yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga – III toifa malaka sertifikati;
➖ 2 yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga – II toifa malaka sertifikati;
➖ 3 yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga – I toifa malaka sertifikati.
✉️ Talabgordan III toifali malaka sertifikatini olish uchun oliy ma’lumot, II va I toifali malaka sertifikatini olish uchun tor doiradagi oliy ma’lumot talab qilinadi.
⏳ Malaka sertifikati 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi.
🔘 Malaka sertifikatini olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etishi uchun talabgor vakolatli organning kamida 36 akademik soatlik o‘quv kurslarida malaka oshirishi lozim bo‘ladi.
📄 Malaka sertifikatini olish uchun nazorat sinovi, qoida tariqasida, har chorakda 1 marta o‘tkaziladi.
🤑 Talabgorlar test va keys tahlili bo‘yicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.
✅ Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 70 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi.
Kiritildi: 15:41 07.09.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.