Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQI) Iordaniyadagi «Al-Azrak» aviabazasiga berilgan zarba natijasida kamida ikkita Amerika qiruvchi samolyoti va yana uchta boshqa uchish apparati yo‘q qilinganini e’lon qildi.
Bu haqda Fars agentligi xabar bermoqda.
IIQI ma’lumotlariga ko‘ra, zarba «Nasr-2» operasiyasining 20-to‘lqini davomida raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirilgan.
Bayonotda aytilishicha, Amerika bazasidagi qiruvchi samolyotlar uchun angarlar va ularning to‘xtash joylari nishonga olingan.