The Atlantic nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Space X kompaniyasi egasiga bunday iltimos bilan Ukraina sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov murojaat qilgan. U yil boshida milliarder bilan tizimni Rossiya qo‘shinlari uchun bloklash bo‘yicha kelishib olgan edi.
Biroq Fyodorovga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, "hozircha ijobiy natija yo‘q".
Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Ilon Mask tinchlik shartnomasi tuzish zarurligini uqtirmoqda va Rossiya ichkarisiga zarba berishga ruxsat berilgan taqdirda urush eskalasiyasi xavfi borligini bildirmoqda.