Sustainable Development jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda olimlar 2200 yilga kelib Yer aholisini 8 milliarddan 4 milliard kishigacha tabiiy yo‘l bilan kamaytirish mumkinligini ta’kidladi.
Mualliflar buning uchun majburiy cheklovlarni emas, balki:
▪️ qizlar ta’limini kengaytirish;
▪️ ayollarning farzand ko‘rish bo‘yicha erkin qaror qabul qilish imkoniyatini oshirish;
▪️ kambag‘al hududlarni ijtimoiy rivojlantirishni taklif qilgan.
Biroq bu g‘oya barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlangani yo‘q. Ayrim mutaxassislar muammo aholi sonida emas, balki resurslarning adolatsiz taqsimlanishida ekanini ta’kidlamoqda.