Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

FVB qutqaruvchilari Navoiyda chuqurlikka tushib ketgan fuqarolarning hayotini saqlab qoldi

FVB qutqaruvchilari Navoiyda chuqurlikka tushib ketgan fuqarolarning hayotini saqlab qoldi

FVB qutqaruvchilari Navoiy viloyatida oltin qazib olish maqsadida noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketgan fuqarolarni qutqarib, ularning hayotini saqlab qoldi.

Bugun, 7-iyul kuni soat 04:22 da Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, “Angidon” MFY, Quvray qishlog‘i tog‘ hududida 4 nafar fuqaro noqonuniy oltin qazib olishga borgan. Ulardan 3 nafari kon hududidagi noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketib, tuproq ostida qolib ketgan. Hodisa yuzasidan tashqarida qolgan bir nafar sherigi tomonidan zudlik bilan atrofdagilarga hamda Navoiy viloyati FVBga xabar bergan.

Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar tashqarida bo‘lgan sherigi va mahalliy fuqarolar tomonidan chuqurlikdagi 1 nafar fuqaro chiqarib olingan.

FVB qutqaruvchilari hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelib, chuqurlikda tuproq ostida qolib ketgan yana 2 nafar fuqaroni qutqarib olishdi. Qutqarilgan fuqarolar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Kiritildi: 10:28 07.07.2026. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!