Shavkat Mirziyoyev mehnat migrasiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda hududlar bo‘yicha pul o‘tkazmalari miqdorini keltirdi.
Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich $400, Sirdaryoda $500, Jizzax va Navoiyda $600 dan, Surxondaryo va Xorazmda esa $700 dan kam.
Shu sababli prezident yuqori maoshli ishga tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish va xorijdagi elchilar, hokimlar hamda texnikumlar hamkorligini kuchaytirishni topshirdi.