«Santa-Barbara» teleserialini 90-yillarning eng mashhur va afsonaviy seriallaridan biri deb atashadi. Kaliforniyaning kichik bir shahrida yashovchi badavlat Kepvelllar oilasi hayoti haqidagi ushbu serial Rossiya televideniyesida qariyb o‘n yil davomida namoyish etilgan.
Shu vaqt davomida serialning ko‘plab qahramonlari tomoshabinlar uchun deyarli oila a’zolariga aylangan.
«Santa-Barbara» suhbatlar uchun tuganmas mavzu edi. Chunki ssenariy mualliflari muxlislarni tez-tez navbatdagi kutilmagan voqealar va keskin syujet burilishlari bilan hayratda qoldirishardi.
Shunday qahramonlardan biri Kruz Kastilyo edi. Uning rolini aktyor Ey Martines ijro etgan. Halol, poraga uchmaydigan va jasur polisiya xodimi shahardagi eng murakkab jinoyatlarni fosh etardi.
Uning Iden Kepvell bilan munosabatlari serialning asosiy romantik yo‘nalishiga aylangan. Tomoshabinlar ular bilan birga o‘nlab ayriliqlar, dushmanlarning fitnalari, o‘g‘irlab ketishlar va xotirani yo‘qotish kabi voqealarni boshdan kechirishgan. Ey Martines «Santa-Barbara»dagi faoliyatini yakunlayotganida haqiqiy qayg‘uga botgan edi — aktyor detektiv obraziga shu qadar kirishib ketgandi.
Hozirda Ey Martenes 78 yoshda. Uning ijodiy faoliyati davomida teleseriallar va filmlarda o‘nlab rollar mavjud. Aktyor «C.S.I.: Jinoyat joyi», «Jinoyatchidek fikrla», «Dovyuraklar va go‘zallar», «Kasl» hamda «Hayotimiz kunlari» kabi mashhur loyihalarda suratga tushgan.
Ekrandagi qahramonidan farqli o‘laroq, Martines hayotda «Santa-Barbara» tomoshabinlariga ko‘ringanidek ishqiy sarguzashtlarni xush ko‘ruvchi inson emas. Aktyor ikki marta uylangan. Uning birinchi rafiqasi aktrisa Mer Uinningem bo‘lib, ularning nikohi bir yilga ham yetmagan.
1982 yilda u Lesli Brayansga uylangan. Juftlik 40 yildan ortiq vaqtdan beri birga yashab kelmoqda. Ular uch nafar farzand — Dakota Li ismli o‘g‘il va Devon Makena hamda Ren Farren ismli ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazishgan.
Afsonaviy Kruz Kastilyo hozir qanday ko‘rinishda ekani quyidagi fotolavhada taqdim etilgan.