Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina o‘z hududlaridan, jumladan, Qrimdan voz kechmaydi"

Zelenskiy: "Ukraina o‘z hududlaridan, jumladan, Qrimdan voz kechmaydi"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Moskva nazorati ostida bo‘lgan hududlardan voz kechmasligini ma’lum qildi.

Ukraina yetakchisi bu haqda Turkiyaga tashrifi doirasida CNN Türk telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

«Biz Rossiyaning vaqtinchalik okkupasiyasi ostida bo‘lgan Qrimni ham o‘z ichiga olgan sharqiy hududlarimiz unga tegishli ekanini tan ola olmaymiz. Bu bizning g‘ururimiz, jamiyatimiz irodasi va Konstitusiyamizga ziddir.

Rossiya buni istamoqda va turli vositachilar orqali bizga yetkazishga harakat qilmoqda. Biroq bu sog‘lom va oqilona yondashuv emas. Shu sababli bizning ustuvor vazifamiz — mavjud front chizig‘ida o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash, shundan so‘ng boshqa masalalarni muhokama qilish», — dedi Ukraina prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina-Rossiya tinchlik jarayoni doirasida rejalashtirilgan uchrashuv kun tartibidan energetika, dengizda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlar almashinuvi kabi masalalar o‘rin oladi.

Etakchilar sammitining asosiy kun tartibi esa shartsiz va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash, shuningdek, kuchli monitoring mexanizmi orqali unga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi.

«Bu tinchlik sari diplomatik qadam bo‘ladi.

O‘t ochishni to‘xtatishga erishish — bir masala. Shundan keyin monitoring qanday amalga oshirilishi, jarayon qanday nazorat qilinishi va kim nazorat qilishi — alohida masala. Keyin esa urushni yakunlashga olib boruvchi yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

Xavfsizlik kafolatlari ham juda muhim. So‘nggi vaqtlarda Rossiya ham xavfsizlik kafolatlarini istashini bildirmoqda. Ammo hujumga uchragan tomon biz bo‘ldik. Xavfsizlik kafolatlariga muhtoj tomon — biz. Shunga qaramay, Moskva ham bu masalani ko‘tarmoqda. Bunday holatda barcha tomonlar buni muhokama qilishga tayyor», — dedi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Turkiyada uchrashishga tayyorligini ham ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!