Prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganidan keyin Braziliyani tark etgan Flaviu Bolsonaru AQShda istaganicha qolishi mumkin.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
«U bu yerda istaganicha qolishi mumkin. Mening fikrimcha, saylovlar sharmandali o‘tdi, unga nisbatan juda yomon munosabatda bo‘lishdi», — degan Oq uy rahbari Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida jurnalistlar bilan suhbatda.
AQSh prezidenti hozircha Bolsonaru bilan uchrashishni rejalashtirmayotganini ham qo‘shimcha qilgan.
Flaviu Bolsonaru pul yuvish ishi doirasida hujjatlarini topshirishni buyurgan Oliy federal sud sudyasi Aleshandri di Moraysning qaroriga qaramay, Braziliyani yashirincha tark etgan. Argentina Migrasiya xizmati ma’lum qilishicha, siyosatchi 27 oktyabr kuni kechqurun Ekvadorga uchib ketish uchun ushbu mamlakatga kirgan. Hozirda Bolsonaru AQShda bo‘lib turibdi.
25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, Bolsonaru 48,21 foiz ovoz to‘plab, amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silvaga (51,79 foiz) mag‘lub bo‘lgan.
Qayta saylangan prezident o‘z raqibining qochib ketishini «sharmandalik» deb atagan.