Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada fuqaroni qo‘rqitib pul talab qilgan guruh qo‘lga olindi

Farg‘onada fuqaroni qo‘rqitib pul talab qilgan guruh qo‘lga olindi

Joriy yilning 14 iyun kuni «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tovlamachilik jinoyati fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi besh nafar shaxs Quva tumani fuqarosini Farg‘ona shahrining «Besh bola» mahallasi hududidagi karyerga olib borgan. U yerda ular jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazib, uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan holatini uyali telefonga tasvirga olgan.

Shundan so‘ng gumondorlar ushbu videolarni jabrlanuvchining yaqinlariga tarqatib, uni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik yo‘li bilan 8 million so‘m talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumondorlar jabrlanuvchidan 2 million so‘m olayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar organlari fuqarolarni har qanday tovlamachilik holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan murojaat qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:32 18.07.2026. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!