Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada 0,5 mln dollarlik kripto savdosi fosh etildi

Farg‘onada 0,5 mln dollarlik kripto savdosi fosh etildi

Kriptoaktivlar savdosi bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullangan shaxs Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Tezkor tadbir jarayonida gumonlanuvchining yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada bir dona noutbuk, ikkita mobil telefon hamda 43 ta bank plastik kartasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, gumonlanuvchi mazkur texnik qurilmalar orqali umumiy qiymati 500 ming AQSh dollariga teng USDT kriptoaktivlari bilan noqonuniy operasiyalarni amalga oshirgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu operasiyalarning barcha holatlari yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278–8-moddasi — kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:56 24.07.2026. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!