Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ertaga O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Ertaga O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet 12 oktyabr, dushanba kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob\-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 13–15 daraja, kunduzi 19–21 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.

Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi harorat 10–15 daraja, kunduzi 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 7–12 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 23:58 11.10.2026. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!