Afg‘oniston erkaklar shaxmat terma jamoasi a’zolari yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Jahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etganidan so‘ng hibsga olindi. Bu haqda “Chessmaestro” nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Olimpiadada ishtirok etgan afg‘onistonlik to‘rt shaxmatchidan uch nafari mamlakat chegarasida ushlangan. Bunga Afg‘onistonda shaxmat o‘yini rasman taqiqlangani sabab bo‘lgani bildirilgan.
2025 yil may oyida Afg‘oniston rasmiylari diniy sabablarga ko‘ra mamlakatda shaxmat o‘yinini taqiqlaganini ma’lum qilgan. Hozirda terma jamoaning uch a’zosi Qobulda uy qamog‘ida saqlanmoqda va ularning taqdiri noma’lum.